OITS – umr kushandasi

 

BMTI “Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimi” fakultetining “Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan BMTI talabalar turar joyida 2022 yil 21 oktabr kuni “OITS – umr kushandasi” mavzusidagi tadbir o’tkazildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan “Menejment” kafedrasi mudiri N.M.Zayavitdinova ochib, talabalarga tadbir rejasi bo‘yicha mavzuni   tanishtirdi. U  OITSga qarshi kurashish  davr talabi ekanligini aytib va shu munosabat bilan Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida, OAV tomonidan yoshlarimiz orasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari to‘g‘risida  gapirdi. Tadbir davomida “OITS – ogoh bo’ling!” mavzusidagi ma’ruzasini slaydlar orqali ko’rsatib tushunchalar bergan bo’lsalar, Buxoro viloyat OITSga qarshi kurashish markazidan shifokor D.Y.Ergashev “Biz sog’lom turmush tarafdorimiz” mavzusida suhbat o’tkazib, bunda kasallikning tarixi, klinik belgilari, kasallikning oldini olish chora-tadbirlari, sog’lom turmush tarzi, uning tamoyillari haqida gapirib berdi. Shuningdek, “Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi N.Y. Usmanova “OITSga qarshi kurash – salomatlik garovi” haqida ma’ruzasini prezentatsiya slaydlari orqali namoyish qildi hamda “Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi A.A.Primova va M9-22 MNT magistranti S. Bakiyeva OITSga qarshi kurash va uni oldini olish yo’llari bo’yicha talabalar bilan viktorina savol-javoblari o’tkazdilar. Tadbir so’ngida kafedra o’qituvchisi U.A.Giyasov tomonidan OITSni yuqtirmaslik choralari haqidagi videorolik namoyish etildi. 

“OITS-umr kushandasi” mavzusidagi  tadbirda  so‘zga chiqqanlar bu kabi kasalliklar yoshlarning hayotiga xavf solishini, unga qarshi kurashish, bu ishga barchani jalb qilish uchun barchamiz ma’sul ekanligimizni ta’kidlab o‘tdilar.