O’z yurtining betakror va so’lim go’shalariga sayohat qilish, asrlarga tengdosh bo’lgan tarixiy obidalarini ziyorat qilish, go’zal tabiatning bebaho in’omlaridan bahramand bo’lish inson ma’naviyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan omillardan sanaladi. 

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 3 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida qabul qilingan «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorga muvofiq «O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ta’minlash maqsadida hamda Ramazon hayiti munosobati bilan berilgan ta’til kunlarida mazmunli hordiq olishlari uchun 2023 yilning 23 aprel kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan institut jamoasi va ularning oila a’zolari uchun Nurota ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi Institut jamoasi uchun sayohat dastlab Buxoro-Navoiy avtomagistral yo’li yoqasida joylashgan «Raboti Malik karvonsaroyi»ni ziyorat qilishdan boshlandi. Raboti-Malik Navoiy shahridan 10 km uzoqlikda joylashgan Qoraxoniylar davrining tarixiy majmuasi hisoblanadi. Ushbu karvon saroy Qoraxoniylardan bo’lgan Shams al-mulk Nasr ibn Ibrohim (1068-1080 yy.) tomonidan XІ asrning 70-yillarida qurilgan. Ushbu inshoot Raboti Malik ansambli tarkibidagi saqlanib qolgan ikki tarixiy obidadan biridir. Raboti Malik tarixda karvonsaroy vazifasidan tashqari istehkom, qo’rg’on va savdo-sotiq markazi sifatida ham muhim o’rin tutgan. Nurota — Oʻzbekistonning qadimgi shaharlaridan biri бўлиб, Navoiy viloyati Oqtogʻning etagida, 524 metr balandlikda joylashgan. Shahar dastlab X asrda Narshaxiyning Buxoro tarixi asarida Nur shaklida (shu yerdagi mashhur Nur chashmasi nomidan) tilga olingan. Mahalliy rivoyatlarda shaharning paydo boʻlishi Iskandar Maqduniy davriga borib taqaladi. Keyinchalik shahar bu yerda yashab oʻtgan mashхur Shayx Abulhasan Nuriy (XII asr) sharafiga Nurota deb atala boshlagan. Nurota ustidan Buyuk ipak yoʻlining bir tarmogʻi oʻtgan. U oʻtmishda harbiy-strategik ahamiyatga ega boʻlib, yirik savdo markazi ham hisoblangan. Nur qalʼasi qadimdan Jizzaxdan soʻng Buxoro va Samarqand vohasiga kirish uchun ikkinchi darvoza hisoblangan. Nurota (qadimgi Nur) Buxoroning shimolidagi chekka shahar boʻlib, madaniy oʻtroq aholi va koʻchmanchi xalqlar yashaydigan qudud chegarasida joylashgan. Qadimgi tosh yoʻli orqali Nurga koʻplab karvonlar kelib toʻxtagan. Chingizxon qoʻshinlari Buxoroga borishda xuddi ana shu yoʻldan (1220-yil yanvar) Nurga kirib kelgan. Shu bois tosh yoʻli xon yoʻli nomi bilan ham yuritilgan. 

Nurotada qadimgi Nur chashmasi ziyoratgohi mavjud. Muqaddas «Chashma» bulog’i minglab musulmonlar va chet el sayyohlari ziyorat qiladigan muqaddas joydir. «Chashma» so’zi tojik тилиdan tarjima qilinganda «muqaddas buloq» degan ma’noni anglatadi. Ushbu tarixiy мажмуа «Chilustun» jome masjidi (IX asr), buloq (Chashma), Panjob (Beshpanja) qudug’i, «Panjvaqta» masjidi (Katta Gumbaz, 1570-1582 yillarda qurilgan), Shayx Abul Husan Nuriy maqbarasi va Nur qal’asini o’z ichiga qamrab olgan. «Chashma» oddiygina buloq emas, uning doimiy ҳарорати 19,5°C ni tashkil qilib, buloqning suvi 15 xil foydali mikroelementlarni o’zida mujassamlashtirgan. Ushbu mikroelementlar insonni tinchlantirish va uning tanasiga ijobiy ta’sir qilish xususiyatiga ega ekan.

Buloq yonida «Panjob» yoki «Besh Panja» qudug’i joylashgan. Quduqqa suv beshta ariq orqali yer osti daryolaridan kelib tuwadi va bu suv quduqdan «Chashma»ga oqib o’tadi. Quduq chuqurligi 7,5 m ni tashkil qiladi. Agar diqqat bilan e’tibor qiladigan bo’lsak, quduq ulkan qo’l panjasi shaklidaligini ko’ra olamiz. Muqaddas buloq yonida «Nur» qal’asi qoldiqlari saqlanib qolgan. So’ngra sayohat Navoiy shahridan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan, sayyohlar uchun barcha sharoit va qulayliklarga ega «Sarmishsoy» dam olish maskaniga davom etipuldi. Sayohatchilar so’lim tabiat qo’ynida yayrab, o’yin-kulgu qilib hordiq chiqarishdi. Tashkil etilgan ziyorat va sayoxat davomida institut jamoasi maroqli dam olganliklari uchun tashkilotchilarga o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti «Sanoat ekologiyasi» 

kafedrasi dosenti Tursunova Nargiza Nigmatovna