Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “TJBT” fakulteti «Menejment» kafedrasi professor-o‘qituvchilari: N.M. Zayavitdinova, M.N.Xalilova, S.N.Yuldasheva, J.K.Musayeva, M.S.Bazarova,  Sh.A.Alimova, Sh.J.Primova, J.A.Raxmatov hamda TJBT fakulteti dekan muovini J.J.Shodiyev va fakultet tyutorlari F.Amonova, N.Sh.Xodjiyevalar tomonidan BMTI 1-son talabalar turar joyida 21 oktyabr "O'zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun" mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda dots.N.M.Zayavitdinova Til vositasida qadriyatlarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi hamda xalqimizning insonparvarlik va bag‘rikenglik fazilatlari yaqqol namoyon bo‘lishi to‘g‘risida aytib o‘tdi.

 

Kafedra katta o‘qituvchisi S.N.Yuldasheva mamlakatimizda keng nishonlanayotgan “O'zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun” to‘g‘risidagi fikrlarini bildirgan bo’lsalar, M.S.Bazarova Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Yurtimizda erkin va farovon hayot barpo etish, inson qadrini ulug‘lashdek buyuk maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar jarayonida barcha milliy qadriyatlarimiz qatori til bayrami ham o‘ziga xos ma’naviy tayanch bo‘lib xizmat qilayotganligini tushuntirdi. 

Shuningdek O.K.Xudayberdiyeva, Sh.J.Primova o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo`lishini Sh.A.Alimova va J.A.Raxmatov esa tilvositasida insonlar o‘rtasidagi hurmat-izzat, ona zaminga mehr va e’tibor yaqqol o‘z ifodasini topishini ta’kidladilar.

TJBT fakulteti dekan muovini J.J.Shodiyev hamda fakulteti tyutorlari N.Sh.Xodjiyeva, F.Amonovalar "O'zbek tili bayram kuni” deb nishonlanishining buyuk ahamiyatga ega ekanligini va barchamiz tilga e’tiborli bo’lib, uni avaylab asrashimizni, uning boylik hamda mazmun mohitini, qadr- qimmatini yo’qotmasligimiz shartligini da’vat etdilar. 

“Menejment” kafedrasi dotsenti M.N.Xalilova hamda  J.K.Musayeva xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o‘zida yaqqol mujassam etgan, buyuk  faylasuflarning til   haqidagia fikrlaridan  namunalar keltirdilar. Xususan, J.K.Musayeva Arastu haqidagi hikoyani hikoya qilar ekanlar uning mazmun mohiyatini  har birimiz  chuqur anglab olishimiz zarurligini alohida ta’kidladilar.