Bugun Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/28.02.2022.T.101.01 raqamli Ilmiy kengashda Jalilov Razzoq Samadovichning “Texnologik jarayonlardagi changlarni ushlab qolish uchun yuqori samaradorlikka ega boʼlgan chang yutgich qurilmasini ishlab chiqish” mavzusidagi 02.00.16 - “Kimyo texnologiyasi va oziq - ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari” ixtisosligi texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi bo'lib o'tdi. Texnika fanlari doktori, prof. N.R.Barakayev rahbarlik qilayotgan disertant ishiga hay'at tomonidan ijobiy xulosalar taqdim etildi.