Mamlakat kelajagi bilimli yoshlarga bog‘liq

Buxoro muhandislik-texnologiya institutining TJBT fakulteti “Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari Yuldasheva S.N., Zaxidova U.F., Alimova R.X. maktablarda bitiruvchi o’quvchilarni kasbga yo’naltirish maqsadida 22-sonli o‘rta umumta’lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari va pedagog jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo‘lib mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli yoshlarga bog‘liq ekanligi alohida qayd etib o‘tildi. 

Shuningdek BMTIning ta’lim jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar, imkoniyatlar ta’limdan so’ng qo’lga kiritiladigan yutuqlar hamda qo‘shma ta’lim (ikki diplomli) dasturi — O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq kadrlar tayyorlashni va bitiruvchilariga oliy ma’lumot olganligi to‘g‘risidagi barcha xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari joylashgan davlatlarda tan olinadigan kvalifikatsiya (diplom) berilishini nazarda tutuvchi ta’lim dasturi to’g’risida ko’rgazmali taqdimotlar, videoroliklar asosida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida talabalarga ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bukletlar, flayerlar tarqatildi.