Buxoro muhandislik- texnologiya institutida joriy yilning 21 fevral kuni Oʼzbekiston Respublikasi Vaziralar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304 – sonli “Oliy taʼlimdagi keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016 yil 28 – yanvardagi 220/2 – son qarori ostida tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi” NIZOM ga muvofiq falsafa doktori ilmiy darajasini oluvchi talabgorlar oʼrtasida mutaxassislik fanlari boʼyicha malakaviy imtihon oʼtkazildi. Malakaviy imtixonni institut ilmiy ishlar boʼlimi boshligʼi Joʼraeva M.M. ochib berdilar. Oʼzbekiston Respublikasi OАK Texnika fanlari boʼyicha ekspert kengashining tavsiyasiga binoan 05.06.04 – Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni yoʼnalishida komissiya tarkibiga koʼra quyidagi professor- oʼqituvchilar imtihonni qabul qildilar. Gafurova N.T. – rais, Poʼlatova S.U., Nutfullaeva L.N., Temirova G.I., Toʼxtaeva Z.Sh., Qodirova D.X. 
Talabgorlar: S.Rahimqulova - Termez Davlat universitetidan, D. Kulieva, I. Soliev, N. Zakiriyaevalar - Buxoro muhandislik texnologiya institutidan malakaviy imtixonda qatnashdilar. Malakaviy imtihon Buxoro muhandislik texnologiya instituti doktorantlari uchun anʼanaviy shaklda, Surxondaryolik doktorant uchun masofaviy shaklda ZOOM orqali oʼtkazildi. Malakaviy imtihon oʼtkazish jarayoni xolislik, ochiqlik va oshkoralik tamoyillariga asoslanib oʼtkazildi.