KURS ISHI HIMOYASI BOSHLANDI
BMTI “TJBT” fakulteti “Menejment ” kafedrasi professor-o’qituvchilari o’quv jarayoni grafigiga asosan 2023 yil 15-may kuni “Korxona iqtisodiyoti” fanidan K720-21 va K722-21 MNT guruh talabalari bilan kurs ishi himoyasi jarayonlarini boshladilar. Dastlab himoya jarayonini “Menejment” kafedrasi mudiri N.M.Zayavitdinova kirish so’zi bilan ochib berib, kurs ishining talabalar bilimini oshirishdagi o’rni, himoya qilish tartibi va baholash to’g’risida ma’lumotlarni aytib o’tdi. Kurs ishi himoyasida kurs ishi bo’yicha raxbar Po’lotov Sh.Sh. va kafedra o’qituvchilari hamda institut o’quv uslubiy boshqarmasi xodimi U.H.Xo’jaqulova qatnashdilar, jarayon qiziqarli tarzda o’tdi. Talabalar, o’qituvchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Darhaqiqat, kurs ishini himoya qilish uning ustida olib borilgan uzoq ishning mantiqiy yakunidir.