kuni kecha  14-mart kuni institutning  doktorantlari va  stajor-tadqiqotchilari bilan  M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universitetining bir qator professor-oq`tuvchilari bilan birgalikda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.    
Unda ilmiy tadqiqotllar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog-kadrlarni tayyorlash bo‘limi  boshlig‘i professor M.M. Jo‘rayeva tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirdi. Uchrashuvda M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universitetining “Noorganik va neft-kimyo ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent Altibaev Jaksilik Mamirbaevich, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universitetining “Noorganik va neft-kimyo ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi professori Beysenbaev Oral Kurganbekovich,  “Noorganik va neft-kimyo ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi dotsenti Daurenbek Nazarbek Muxaddasu, “Noorganik va neft-kimyo ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent Altibaev Jaksilik Mamirbaevichlar  tayanch doktorantlar, doktorantlar, stajor-tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilarga dissertatsiya himoyalari, maqolalar chop ettirish, tadqiqotlarni joriy etish, akademik almashinuv to`g`risida fikr-mulohazalarini bildirishdi. Uchrashuv savol-javoblar ga boy boldi.