Buxoro muhandislik texnologiya institutida navbatdagi fakultet kesimida professor-o'qituvchilarga sessiya jarayonida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan korrupsion harakatlar oldini olish choralari borasida muhim ko'rsatmalar berildi.

Jumladan yig'ilishda so'zga chiqqan "Energetika" fakulteti dekani N.N. Sa'dullayev, rektor maslahatchisi Bobur Ortiqov hamda oliygoh korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i Keldiyor Abdullayev yig'ilganlarga yana bir karra mamlakatimiz kelajagiga bolta uruvchi bunday illatga qarshi barcha birgalikda kurashishi kerakligini ta'kidladi. Yig'ilish yakunida professor-o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.