Kuni kecha, 27 aprel kuni Institutimiz Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i K.N.Abdullaev va bosh mutaxassis SH.M.Zayniev tomonidan “KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI” mavzusida  “Neft-gaz texnologiya” fakultetining tyutorlari  Komolov Dilshod, Jumaev Komil va SHaripova Saodatlar  ishtirokida fakultetning 200-21, 202-21, 204-21  guruhi talabalari bilandavra tashkiletildi.  Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i K.N.Abdullaev so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning salbiy oqibatlari va bugungi kunda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.

       SHuningdek, tadbirda jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish kerakligi, buning uchun jamiyatimizning har bir a’zosi mas’ul bo‘lishi unga qarshi kurashda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmog‘imiz lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi