Bugun, Institutimiz  Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i K.N.Abdullaev va bosh mutaxassis SH.M.Zayniev tomonidan “KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI” mavzusida “Energetika” fakultetining, tyutri Rizaeva Dilnoza hamda Mo‘minova Dilnavozlar ishtirokida fakultetning 600-22 (EEE), 610-(EA) guruhi talabalari bilan davra tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i  K.N.Abdullaev so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning salbiy oqibatlari va bugungi kunda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.   
     SHuningdek, tadbirda jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish kerakligi, buning uchun jamiyatimizning har bir a’zosi mas’ul bo‘lishi unga qarshi kurashda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmog‘imiz lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.