9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari” fakul’teti “Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari N.M.Zayavitdinova, S.N.Yuldasheva, J.K.Musayeva, U.F.Zaxidova, A.Aslonov,  U.A.Giyasov,O.Q.Xudayberdiyeva, R.X.Alimova va M9-22 MNT guruhi magistranti S.Bakiyeva hamda fakul’tet tyutorlari F.A.Bozorova va N.Sh.Xodjiyeva tomonidan talabalar turar joyida “Korrupsiya-kelajak kushandasi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni “Menejment” kafedrasi mudiri N.M.Zayavitdinova kirish so’zi bilan ochib berdi. Ushba tadbirda 2003 yil 9 dekabr kuni Merida shahri (Meksika)da BMT tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha xalqaro Konvensiya imzolanganligi, ayni paytga qadar ushbu konventsiyaga 181 ta davlat qo’shilganligi hamda 117ta davlat tashkilotlari, shu jumladan 1520nafar shtat birligidan iborat korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo’lga qo’yilganligi haqidagi muhim ma’lumotlar gapirib o’tildi.

Shuningdek Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qonun ustuvorligini taʼminlash va korrupsiyaga qarshi qatʼiy kurashish boʻyicha 2-fevraldagi qarori bilan 2017—2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturini tasdiqlanganligi shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat huquq-tartibot idoralari xodimlarining, ayni vaqtda jamoatchilikning ham asosiy vazifasiga aylanib ketganligi haqida fikr mulohazalar bildirildi.

Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida slaydlar taqdimoti, videorolik namoyishi hamda anonim anketa so’rovnomalari olib borildi. Tadbir so’ngida talabalar bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashamiz” mavzusida rasmlar tanlovi o’tkazildi va eng ijodiy yondashilgan rasmlarga esdalik sovg’alari topshirildi.