7-dekabr kuni Axborot kommunikatsiya texnologiyalari  kafedrasi assistenti N.A.Sharapova va 708-22 ATT guruhi talabalari tomonidan Konstitutsiyamizning  30 yilligiga bag‘ishlangan  "Konstitutsiya- baxtimiz qomusi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida baxtimiz qomusi bo‘lgan kostitutsiya haqida ma’lumotlar, she’rlar va  konstitutsiya moddalaridan namunalar keltirib o‘tildi. Tadbirda Axborot kommunikasiya texnologiyalari  kafedrasi professor-o‘qituvchilari, TJBT fakulteti tyutori Feruza Bozorova, institut o‘quv bo‘limi xodimlari I.Umarovalar ishtirok etishdi. Tadbir yuqori saviyada o‘tkazilganligi tadbir ishtirokchilari tomonidan e’tirof etildi.