O'zbekiston Respublikasida jamiyat va davlat hayotini modernizatsiya qilishga yo'naltirilgan demokratik islohotlar izchil davom etmoqda. Mustaqillik tufayli davlat tizimining o'zgarishi, milliy davlatchilikning rivojlanishi, yangi hokimiyat institutlari paydo bo'lishi konstitutsiyada o'z ifodasini topdi. 1992 yilning 8-dekabr` kuni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi dunyo siyosiy xaritasida yangi suveren davlat qaror topganligini ifodalab, ushbu davlatning mustahkamlanishi hamda rivojlanishining huquqiy asosini tashkil etdi. 

Shu munosabat bilan «Menejment» kafedrasi  o’qituvchi stajori  Primova Shaxlo    Jumayevna va  TJBT fakulteti tyutori Bozorova Firuza Amonovnalar tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qiliganligining 30 yilligi munosabati bilan 7- dekabr  kuni   Konstitutsiyada kiritilgan o’zgarishlar  va konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun –mohiyati to’g’risida 715-22 MNT va 701-21 TJB guruh talabalaridan testlar olindi va  taqdimot  o’tkazildi.