Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutida konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyada BMTI rektori Sadoqat Siddiqova, BuxTI rektori Shuhrat Teshayev,  BDU rektori Obidjon Xamidov hamda  TIQXMMI mas’ullari hamda oliygoh prorektorlari, Turkiyaning yuqori reytingli oliygohi - Otaturk Universiteti rektori Omer Chomakli ishtirok etdi.

  Konferensiya yakunlangach, Otaturk Universiteti rektori Omer Chomakli bilan muzokara  bo’lib o’tdi. Unda talabalar almashinuvi, professor-o'qituvchilar uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlarini yo'lga qo'yish, hamkorlikda maqolalar chop qilish va ilmiy ishlar olib borish va OTMlar tarkibidagi texnikum va kollejlar bilan akademik hamkorliklarni yo'lga qo'yish bo'yicha muzokara o'tkazildi.

  Aloqalarni mustahkamlash maqsadida shartnoma imzolandi. Muzokaralar davomida texnika va texnologiya yo'nalishlarida Qo'shma Ta'lim Dasturlarini yo'lga qo'yish bo'yicha kelishib olindi.