kuni kecha 12.04.2023 yilda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti karyera markazi a’zolari va yetakchi korxonalar rahbarlari tashabbusi bilan institutning “Paxta va yengil sanoat texnologiyalari”  va “To’qimachilik va charm sanoat” fakultetlari professor-o'qituvchilari va bitiruvchilarining viloyatdagi ish beruvchi tashkilot vakillari bilan uchrashuv tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda yengil sanoat va to’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi mutaxassisliklari yo'nalishlarida bo'sh ish o'rinlari va tayyor mahsulotlari bilan qatnashib, iqtidorli bitiruvchilarni o’z korxonalariga ishga taklif qilib dastlabki 3 tomonlama shartnomalarni imzolashdi.

Tadbir so'ngida oliygohimiz O'quv ishlari bo'yicha prorektori A'zam Alimov tomonidan bitiruvchilarimizni bandligini ta'minlashda tashabbus ko'rsatayotgan korxona rahbarlariga tashakkurnomalar taqdim etildi.