Islohotlar samaradorligi yo’lida

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari” fakulteti professor-o’qituvchilari tomonidan 2023 yil 23 fevral kuniBuxoro shahridagi “SHodlik” MFYda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.MirziyoyevningBuxoroviloyatigatashriflariyuzasidan “Islohotlarsamaradorligiyo’lida” mavzusida fakultet dekani SH.N. Xayitov, “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Xasanova G.D., “TJBT” fakulteti YOMMMIB dekan o‘rinbosari Raxmatov J.A., “AKT” kafedrasi mudiri  Narziyev U.Z., “TJBAKT” kafedrasi mudiri Qobilov H.H., “Menejment” kafedrasi o‘qituvchi-stajyori Xayitova I.N.,  “TJBAKT” kafedrasi katta o‘qituvchisi Qulieva N.G‘. tomonlaridan ma’rifatsoatio’tkazildi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, Buxoro viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasining kelgusi besh yildagi istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning “o‘sish nuqtalari”ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida 2022 yil 27 aprelda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022 — 2026 yillarda Buxoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishvaaholiturmushdarajasiniyanadayaxshilashgadoirqo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’gi 215-sonli Qarori qabul qilinganligi, hamda ushbu qarorga muvofiq viloyatimizda ko’pgina sohalarda iqtisodiy samaradorlikkaerishilganivaboshqalarto’g’risida fikr mulohazalar bildirildi.

Buxoro shahridagi “SHodlik” MFYdao‘tkazilgan ma’rifat soati tadbirida ishtirok etgan mahalla faollari va ishtirokchilarning vatanga mehr-muhabbat, sadoqat kabi insoniylik tuyg'ulari asnosida Buxoro viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan past rentabelli korxonalarni rivojlantirishda yangi g’oyalarni berish, bu borada yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o’z hissalarini qo’shish uchun o’z bilimlari ustida yanada ko’proq ishlashlariga undaydi.