19.04.2023 yil institutning karyera markazi a’zolari tashabbusi bilan navbatdagi rejalashtirilgan Buxoro muhandislik texnologiya institutining “Energetika” va “Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari” fakultetlari professor-o'qituvchilari va bitiruvchilarining viloyatdagi ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv tadbiri bo'lib o'tdi.      
Tadbirning ochilish marosimida institutning O'quv ishlari bo'yicha prorektori A'zam Anvarovich so’zga chiqib, ish beruvchilarga institut faoliyatini tanishtirib so’ngra Prizdentimiz tomonidan talabalar va bitiruvchilar bandligini ta’minlash, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish kadrlarni sifatli tayyorlashda e’tibor berishga to’xtalib o’tdi.      
Tadbirda qatnashgan ''Buxoroenergomarkaz” AJ, Buxoroelektrtarmoqlari” AJ, “Issiqlik-manbai” DUK va boshqa korxonalar mutaxassislik yo'nalishlarida bo'sh ish o'rinlari to’g’risida to’xtalib, o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi va bitiruvchilar bilan dastlabki shartnomalar tuzildi.