Buxoro muxandislik texnologiya instituti “TJBT” fakultetining “Menejment” kafedrasi stajor-o’qituvchisi Alimova R.X. va qo’shma dastur 5-21 MNT guruh talabalari bilan birgalikda 16.10.2022 yil Chorbakr meʼmoriy majmuasiga ziyorat amalga oshirildi. Chor Bakr ziyoratgohi tom ma’noda musulmonlarning ilm oladigan, ibodatlarini ado etadigan, yetim-yesir, beva-bechoralarni o‘z bag‘riga olgan xayr-saxovat manzili bo‘lgan. Talabalar insoniyat tamadduni beshiklaridan bo‘lmish ushbu zaminda yashab, ijod qilgan buyuk allomalar, diniy va dunyoviy ilm egalari mangu qo‘nim topgan maskanlar obod qilinib, bu joylarda ziyoratchilar va turizm uchun zarur sharoitlar yaratilganidan xabardor bo’ldilar.