Buxoro davlat universitetida ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Unda 50 ga yaqin Germaniya, Yaponiya, Italiya, Isroil va boshqa mamlakatlarning mashhur olimlari ishtirok etdi.

  Ushbu anjumanda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor o’qituvchisi, fizika fanlari bo’yicha fan doktori Mustaqim Jumayev ma’ruza qildi.

  Anjumanda “Aylanish chastotasi va dinamikasi”, “Nano o‘lchamli tizimlarda issiqlik uzatish” kabi mavzularga e’tibor qaratildi.