“EECA University rankings 2022” bo’yicha “Quacquarelli Symonds (QS) World University Rankings” ning ro’yxatiga kirgan Rossiya Federatsiyasining Kozma Minin  nomidagi Nijniy Novgorod davlat pedagogika universiteti (Minin universiteti) da 10.11.2022 sanasida tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirish orqali talabalar, magistrantlar va aspirantlarning ijodiy salohiyatini va ijodiy fikrlashni rivojlantirish maqsadida o’tkazilgan “Mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti: zamonaviy muammolar va ularni hal etish yo‘llari” mavzusida talabalar, magistrantlar, aspirantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha VIII Xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari fakulteti” “Iqtisodiyot” kafedrasi M26-22 IQT guruh magistrantlari YUSUPOV YUSUF XAMZA O’G’LI hamda BOLTAEV BEHRO’Z TOXIROVICH o’z ilmiy-tadqiqot loyihalari bilan qatnashib, faxrli 1-O’RINni egallashdi.

Jumladan, YUSUPOV YUSUF XAMZA O’G’LI (Ilmiy rahbar: i.f.n., dots. Boboev A.Ch. va i.f.n., dots. Azimov B.F.) “Sanoatda ishlab chiqarish iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni tashkil etish” yo’nalishi, “ilmiy-tadqiqot loyiha” nominatsiyasi bo’yicha o’z ilmiy-tadqiqot loyihasi bilan qatnashib, faxrli 1-O’RINni egalladi. 

BOLTAEV BEHRO’Z TOXIROVICH(Ilmiy rahbar: i.f.n., dots. Boboev A.Ch. va i.f.n., dots. Azimov B.F.) “Buxgalteriya hisobining dolzarb muammolari, innovatsiyalar va sanoat korxonalarining investitsion faoliyati” yo’nalishi, “ilmiy-tadqiqot loyiha” nominatsiyasi bo’yicha o’z ilmiy-tadqiqot loyihasi bilan qatnashib, faxrli 1-O’RINni egalladi.