O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini tegishli tartibda bajarish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Buxoro muhandislik-texnologiya institutida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

  Vatanimizning tarixiy joylari va o‘tmish madaniyatini o‘rganish har bir insonning ma’naviy va madaniy dunyoqarashini kengaytirishda alohida ahamiyat kasb etishini inobatga olib, institute xodimlari uchun Shahrisabz va Samarqand shaharlariga sayohat tashkil etildi.

   Yurtimizning tarixiy va ko‘hna hisoblanmish Samarqand va Shaxrisabz shaharlariga uyushtirilgan sayohat taassurotlarga boy bo‘lib, maroqli yakuniga yetdi.