Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga asosan 10-yanvardan boshlab, havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʻrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirildi.

Dars mashg‘ulotlari 18-yanvardan boshlanadi.

Bu davrda taʼlim tashkilotlari pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlanib qoladi.

Shuningdek, taʼtil kunlari talabalar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha onlayn seminarlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2023-yilning 18-yanvariga qadar uzaytirildi.

Eng asosiysi, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.

Ushbu davrda belgilangan dars mashgʻulotlari oʻquv yili davomida tigʻizlashtirib oʻqitiladi.
Qishki taʼtil muddatining 17-yanvargacha uzaytirilishi barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalari, xususan, nodavlat umumtaʼlim maktablari, professional taʼlim muassasalari, nodavlat oliy taʼlim muassasalari, ularning filiallari va xorijiy OTMlarga ham taalluqli.

Sirtqi taʼlim shakli 1-kurs talabalari DIQQАTIGА! 
Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining va Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga asosan 10-yanvardan boshlab, havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʼrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʼpayishining oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʼquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirilganligi munosabati bilan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Sirtqi taʼlim shakli 1-kurs talabalariga 9- yanvardan 14-yanvarga qadar dars mashgʼulotlari ONLАYN ZOOM dasturi yordamida fan oʼqituvchilari tomonidan (HEMIS va MOODLE platformalari yordamida fanlar boʼyicha topshiriqlar bajarish) tashkil etiladi. ZOOM dasturiga kira olmagan talabalar uchun oʼtilgan dars mashgʼuloti yozib olinib, guruhlarning telegram kanallariga tashlab beriladi. 16- yanvardan 4-fevralgacha boʼlgan 3 hafta davomida qolgan dars mashgʼulotlari OFLАYN, yaʼni institutga chaqirilgan holatda tashkil etiladi. Berilgan chaqiruv maʼlumotnomalari oʼz kuchiga qoladi.
Shuningdek, kontrakt toʼlovlarini toʼlamagan va 50 % dan kam toʼlaganlar uchun toʼlov-kontrakt mablagʼlarini toʼlash muddati 20-yanvarga qadar uzaytirilganligi munosabati bilan tezda toʼlovni amalga oshirishlari soʼraladi. 
Sirtqi boʼlim boshligʼi :  А.X.Gafforov