Joriy yil 2-3 avgust kunlari Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova Baku shahrida xizmat safarida bo'lib, Ilg‘or muhandislik maktabini tashkil etish jarayonlarida hamkorlik o'rnatish maqsadida SOCAR davlat neft-gaz kompaniyasi, SOCAR davlat neft-gaz kompaniyasining “Baku oliy neft maktabi” hamda “Ilmiy-tadqiqot loyiha instituti” bilan muzokaralar olib bordi.

SOCAR davlat neft-gaz kompaniyasi bilan
-IMM ni yo'lga qo'yish bo'yicha  dasturiy bazalar bilan ta'minlash, jarayonlarda mutaxassislarni jalb etish va boshqalar.

Baku oliy neft maktabi bilan:
-magistratura dasturida "1+1" qo‘shma ta’limni tashkil etish, “Oliy muhandislik maktabi” ni tashkil etishda metodolik yordam berish, akademik mobillik dasturlarini yo’lga qo’yish va boshqalar.

 Ilmiy-tadqiqot loyiha instituti bilan:
-Sohaga doir qo‘shma ilmiy va ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni hamkorlikda olib borish, ilmiy kadrlarni tayyorlash va boshqalar.