Bugun oliygohimizga hamkor OTM Kozma Minin nomidagi Nijegorod Davlat Pedagogika Universiteti, "Korxonalar Iqtisodiyoti" kafedrasi mudiri iqtisodiyot fanlari doktori, professor Kuznetsov Viktor Pavlovich tashrif buyurdi. Tashrifdan davomida BuxMTI rektori v.v.b. Sharipov M.Z,  ikki OTM o‘rtasida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida Qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, 1oylik yozgi ta’lim lagerlari uchun talabalar almashinuvini tashkil qilish, hamkorlikda maqolalar chop qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.    
Shu bilan birga, professor Kuznetsov Viktor Pavlovich o'z tashrifi davomida,  BuxMTI "Iqtisodiyot" yo‘nalishi talabalariga qisqa muddatli darslarni o'tishi rejalashtirilgan.