Buxoro muhandislik texnologiya instituti  “Menejment” kafedrasi  o’qituvchilari Primova Sh.J., Po’lotov Sh.Sh. va Xodjiyeva S.Sh. rahbarligida 712-20 MAR guruhi talabalari 2023 yilning 10 fevral  kuni “O'zbekiston Respublikasi Tovar- xom ashyo birjasi Buxoro filiali”da“Xorijiy investitsiyalar” fanidan Globallashuv hamda iqtisodiy integratsiyallashuvning kuchayib borishida investitsiya jarayonlari mavzusidagi bahs munoza darsi tashkil qildilar. 

Tashrif davomida talabalar birjaning nizomi, ish jarayoni, savdo maydonchasi  hamda brokelarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.  Po’lotov Sh.Sh. yoshlarimizga birjada elektron savdolarning ahamiyati, spot bitimlari, brokerlarning birjadagi asosiy vazifalari, birja savdo maydonchasida amalga oshiriladigan savdolarning ish tartibi haqida batafsil ma’lumot berib o’tdilar.

Talaba yoshlarimiz ham o’zlarini qiziqtirgan savollariga to’liq  va aniq javoblarni olishdi. Shu bilan birga Primova Sh.J. va Xodjiyeva S.Sh. birjalarning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni, mamlaktimizda eksport salohiyatini oshirishda nechog’lik muhim ahamiyat kasb etishi haqida ta’kidlab o’tdilar. 

Birja faoliyati bilan tanishuv, talabalar bilan bo’lgan mazmunli va qiziqarli suhbatdan yoshlarimiz mamnun bo’lishdi va birjaga bo’lgan tashrif muvaffaqiyatli hamda samarali kechdi.