GENDER TENGLIK – YANGI O‘BEKISTONNING       MUHIM STRATEGIYASIDAN  BIRI.

        

                                                   

BMTI Neft-gaz texnologiyasi fakulteti                                                               

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini F.A.Kalandarova

Mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlarni tubdan yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha har kuni, har soatda, har daqiqada tinimsiz izlanishlar, sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Biror-bir yo‘nalish yoki tarmoq yo‘qki, xalqimiz hayotini yaxshilashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar kirib bormagan, uning mazmunini o‘zgartirmagan bo‘lsa.   Davlatimiz rahbari Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy munozaralarida nutq so‘zlab, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtaldi. “Biz dunyoviy, demokratik va ijtimoiy davlat bo‘lmish Yangi O‘zbekistonning barpo etish siyosatini qat’iy davom ettirmoqdamiz. Mamlakatimiz “Inson qadri va manfaatlari uchun” ezgu g‘oya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub isloxotlar yo‘lidan dadil ilgari bormoqda”- deydi prezitentimiz 78 – assambleyadagi so‘zlagan nutqida. “Xotin-qizlarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi faol ishtiroki bugungi kunning dolzarb masalasidir. Bu boradagi milliy siyosatimiz zamirida oila mustahkamligi, huquqiy himoya va xotin-qizlar farovonligini ta’minlashdan iborat eng ezgu maqsadimizdan biridir. Gender tengligiga erishish borasida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, o‘tgan yili oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirgan talabalarning 49 foizini qizlar tashkil etdi. Davlat boshqaruvida ayollarning ulushi birinchi marta 35 foizga yetdi. Ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida alohida qonun qabul qilindi”.

15.06.2021 y kuni Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda barqaror rivojlanish uchun ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi xalqaro forumda O‘zbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strageriyasi qabul qilindi, deb xabar qildi O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva.

Gender tenglik strategiyasining asosiy yo‘nalishlari:

1. Xotin qizlar ijtimoiy faolligini oshirish;

2. Rahbarlik lavozimlariga ayollarni tayyorlab, tavsiya etib borish;

3. Ayollar bandligini ta’minlash, ular uchun munosib ish o‘rinlari yaratish ishlarini davom ettirish;

4. Ayollar tadbirkorligini rivojlantiramiz, ularning moliyaviy resurslarga egalik qilish huquqlarini qat’iy talab qilish;

5. Eng asosiysi – xotin-qizlarga nisbatan bo‘layotgan ayrim zo‘ravonlik holatlarini to‘liq bartaraf etish;

6. Imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;

Ushbu strategiyaning yana bir muhim jihati - bundan buyon bu ishlar bilan nafaqat xotin-qizlar qo‘mitalari, balkim barcha vazirliklar, hokimliklar ham shug‘ullanadi.

Shuningdek, Xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan Xotin qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil qilinib u yerda ayollar tadbirkorlikka o‘rgatish, kasb-hunar o‘rgatish va imtiyozli kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yilgan.

Haqiqatdan ham O‘zbekistonda so‘nggi 5 yil ichida xotin-qizlar huquqlariga bag‘ishlangan 25ta nomativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Ulardan eng muhimilari Gender tenglikka bag‘ishlangan qonun va xotin-qizlarni tayziq va zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunlardir. Undan tashqari prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan “ayollar daftari”, “temir daftar” va “yoshlar daftari” kabi ijtimoiy himoya qamroviga 1,5 mln nafar ayollar olingan bo‘lib, ularga doimiy ravishda moliyaviy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Kishilarimizning ongida paydo bo‘lgan stereotip ko‘p o‘ylantiradi. Odatda biz ayolni avvalambor ona, oila qo‘rg‘onining qo‘riqchisi sifatida hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz, to‘g‘ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo‘lishi kerak.