G’alaba muborak!

  Badminton bo'yicha bo’lib o’tgan  chempionatda   Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari fakulteti talabasi - Shohrangiz Narzullayeva hamda Neft-gaz texnologiyalari fakulteti talabasi Nodir Narzullayev oltin medal sohibi bo’lishdi.

  Shuningdek, institut talabasi Sanjar Ashurov  2023-yilda yengil atletika bo’yicha 5 karra jahon birinchiligini qo’lga kiritib, “Sport ustasi” unvoniga ega bo’ldi.

   Institut rektori sportchilar bilan uchrashib, o‘z so‘zida bugungi kunda mamlakatimizda sport-sog‘lomlashtirish ishlariga Prezidentimiz tomonidan katta e’tibor qaratilayotgani, buning natijasi o‘laroq, yoshlarimiz sport sohasida dunyo arenalarida yuksak marralarni zabt etayotgani haqida faxr va iftixor bilan gapirdi. Sport sohasida erishgan yutuqlari va bu sohadagi mashaqqatli mehnati uchun avvalambor, yoshlarga hamda ularning ustozlari Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri professor Bahodir Sa’dullayev, dotsent Baxrom Mamurovning faoliyatiga omad tiladi.