2022 yil 23 dekabr kuni 324-auditoriyada “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o’qituvchilari N.N.Rasulova, Z.Q.Jumayeva rahbarlik qilayotgan “Yosh iqtisodchi” to’garagi dasturiga muvofiq hamda 5 muhim tashabbusning to`rtinchisi – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish doirasida “Iqtisodiyot” yo’nalishida ta’lim olayotgan ikkinchi kurs talabalari bilan “Erudit” intellektual o’yini o’tkazildi. 

Talabalar o’yinda o’zlarining bilim va zukkoliklarini namoyon etdilar. Bilmaganlarini o’rganib, ko’p o’qigan – ko’p bilar maqolining naqadar to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qildilar.

Tadbirda “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.A.Ch.Boboev ishtirok etib, talabalarni kitobning eng yaxshi do’stligi haqida gapirib, bo’sh vaqtlarida kitoblar o’qishga chorladi. Bayram munosabati bilan chiroyli tilaklar va tabriklar bildirildi. 

Tadbir yakunida faol talabalarga kitoblar sovg’a qilindi.