OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

 

BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI

 

“RAQAMLI IQTISODIYOT, ELEKTRON HUKUMAT VA SUN’IY INTELLEKT UCHUN DASTURIY VOSITALAR, AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASHNING ZAMONAVIY USULLARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

 

AXBOROT XATI

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-maydagi “2023 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xаlqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 118-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2023-yil 16-iyun kuniBuxoro muhandislik-texnologiya institutida “Raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat va sun’iy intellekt uchun dasturiy vositalar, axborotlarni qayta ishlashning zamonaviy usullari” mavzusidagi respublika  ilmiy–amaliy anjumani oʻtkaziladi. 

 

Anjumanda quyidagi shoʻbalar boʻyicha ilmiy tezislar qabul qilinadi:

1-sho‘ba. Raqamli va yashil (energotejamkor) iqtisodiyot texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari.

2-sho‘ba. Kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va bulutli texnologiyalar.

3-sho‘ba. Muhandislik va texnologik ma’lumotlarni qayta ishlashning noan’anaviy usullari.

4-sho‘ba. Ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning sifat va samaradorligi.

 

Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus, ingliz tillari.

Anjumanni oʻtkazish tartibi: ushbu anjuman joriy yilning 16-iyun soat 10.00 da offlayn va onlayn (ZOOM dasturi yordamida) oʻtkaziladi. Anjumanga ulanish havolasi https://t.me/+BPJTjZxm1AczMmY6 guruhiga yuboriladi (+998932966556).

Tezislarni rasmiylashtirishning texnik talablari:

Matn hajmi kamida – 2 bet, format – Microsoft Word, shrift garniturasi– Times New Roman, o`lchami – 14 pt, matn maydoni – yuqori va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan - 1,5 sm, qatorlar oraligʻi – 1 interval. Yuqoridan bosh harflar bilan tezis sarlavhasi yoziladi, bir intervaldan soʻng muallifning toʻliq ismi-sharifi, OTM, lavozimi toʻliq yoziladi, bir interval tashlanib matn kiritiladi. Tezislarda manbalarga havolalar [] shaklida matn ichida qoʻyilib, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidagi raqam asosida koʻrsatilishi shart (Masalan [7]).

Anjuman materiallari faylini nomlashda quyidagi tartibga rioya qilinishi so‘raladi: sho‘ba nomeri_1- muallif familiyasi va ismi, sharifining bosh harflari (masalan: 2_Nafasov MM). Matn oxirida muallif(lar)ning elektron manzili, telefon raqamlari ko‘rsatilgan ma’lumot ilova qilinadi.

Anjuman materiallari chop qilinishi rejalashtirilgan. Yuqoridagi talablarga javob bermagan yoki taqrizdan o‘tmagan materiallar chop etilmaydi va muallifga qaytarilmaydi. To‘plam barcha mualliflarga elektron shaklda (.pdf formatida) taqdim etiladi. 

Tezis mualliflariga sertifikat (bepul) taqdim etiladi. Tezis matni uchun muallif javobgar. 

Tezislar 2023-yil 14-iyun 17:00 ga qadar elektron tarzda https://t.me/LazizXasanovich link orqali qabul qilinadi. Tezislarni eʼlon qilishga ketadigan xarajatlar mualliflar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan (Tezisning har bir beti uchun 10 000 soʻm to`lov badali belgilangan (xorijiy mualliflardan badal to`lovi undirilmaydi), ekspertizadan muvaffaqiyatli o`tgan tezislar uchun badal to`lovi h/r 8600312970364317 (Muradova Firuza Rashidovna)ga  o`tkazilishi so`raladi va to`lovni tasdiqlash to`g`risidagi ma`lumot (skrinshot) https://t.me/LazizXasanovich link orqali qabul qilinadi.

Tashkiliy qoʻmita manzili: Buxoro shahri, Q.Murtazoyev 15, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi.

Murojaat uchun telefon raqamlari:  +998934511944, +998932966556, +998993521652.

 

Namuna

 

TA’LIM JARAYONIDA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

 

Nafasov Mirzomurod Muxamadovich
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
P.f.f.d. (PhD), dotsent

 

 

Matn...………………………………………….

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

  1.  
  2.  

 

Ilova:     nafasovm@gmail.com   

                       Muallif telefon raqami: …………………..