O‘zbekiston startapchilari diqqatiga, eslatma!

Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Orol dengizining qurigan tubi ekotizimini tiklash” (ERAS-II) loyihasi doirasidagi “Climate Smart “yashil” startaplar uchun biznes-inkubator” dasturida qatnashish uchun qabul davom etmoqda.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq va Nukus tumanlarida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan «yashil» texnologiyalar sohasidagi g‘oyalar yoki tayyor innovatsion yechimlar bo’yicha arizalar O‘zbekistonning barcha hududlaridan qabul qilinadi.

Dasturda ishtirok uchun ushbu havola orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Onlayn-arizalar qabuli joriy yilning 15-dekabr sanasiga qadar davom etadi.