O‘zbekiston milliy metrologiya instituti  Buxoro filiali bilan Buxoro muhandislik texnologiya instituti hamkorlik aloqalari bo‘yicha.

 “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi filiali tashkil qilingan bo‘lib, mazkur filialda talabalarga mutaxassislik fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar va malakaviy amaliyot dasturlari tashkil etilmoqda.

 Mazkur aloqalarning mantiqiy davomi sifatida qiymati 3 mlrd. so‘mga rejalashtirilgan “Buxoro viloyatida xalqaro standartlar talablari asosida o‘lchash vositalariga metrologik xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish” amaliy loyihasi ishlab chiqildi.

 Loyihani amalga oshirishda viloyat xalq xo‘jaligi tarmoqlarida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha yo‘nalishlar qamrab olinadi va qator eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi to‘qimachilik, elektrotexnika,charm-poyafzal, kimyo sanoati, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalariga halqaro talablar asosida ko‘maklashiladi.


 2023 yil 24 avgust kuni Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori SG'.Siddiqova boshchiligida insitut jamoasi O'zbekiston milliy metrologiya instituti davlati Buxoro filiali rahbari U.Bozorov bilan ushbu shartnoma sotib olinadigan zamonaviy laboratoriya jihozlaridan dual ta'lim tashkil etish va yangi ta'lim yo'nalishlarini ochish hamda mavjud o'quv rejasi va dasturlarni xalqaro standartlarga mos modernizatsiya qilish bo'yicha barqaror yo'nalishlar belgilab olindi.