Buxoro muhandislik - texnologiya institutida 03.02.2023 yilda bitiruvchilar bilan “Enter Engineering” kompaniyasi o’rtasida ishga joylashtish borasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Uchrashuvda institut rahbariyati, bitiruvchilar, professor-o’qituvchilar hamda kompaniyaning yetakchi mutaxassislari faol qatnashishdi. Unda 224 nafar (bakalavriat va magistratura) bitiruvchilar faol qatnashishdi.   
Tadbirda  “ENTER ENGINEERING” kompaniyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, investitsiya asosida barpo etilayotgan majmualar, kompaniya faoliyati va bo’sh ish o’rinlari, ishchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to’g’risida ma’lumotlar berishdi.   
Uchrashuvda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli javoblar olishdi. Ta’lim va ishlab-chiqarish integratsiyasini takomillashtirish borasida kelishuvlarga erishildi. Kompaniya mutaxassislari tomonidan bitiruvchilar bilan suhbat o’tkazilib, dastlabki shartnomalar tuzish uchun kelishib olindi.