Buxoro-muhandislik texnologiya institutida xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish, manfaatli hamkorlikni  yanada rivojlanish hamda uni yangi bosqichga ko’tarish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Kuni kecha Buxoro temir yo’l bosh bekatidan BuxMTIning professor-o’qituvchilari va doktorantlari Koreyaning CHedju milliy universiteti delegasiyasini qarshi oldi. 

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Nusratillo Barakaev, Ilmiy ishlar va innovaciyalar bo’yicha prorektor M.Z.SHaripov, o’quv ishlari bo’yicha prorektor SH.M.Xodjiev, Ilmiy tadqiqotlar, innovaciyalar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash prorektorlar  Koreyaning CHedju milliy universiteti rektori Kim Il Xvan, o’quv ishlari bo’yicha prorektor Kim Donchjon, xalqaro ishlar bo’yicha prorektor CHe Mundjening tashrifini iliq kutib oldi.

Institutda mavjud fakulьtetlar, kafedralar va ularda olib borilayotgan ilmiy-innovacion ishlar, ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar hamda xalqaro loyihalar to’g’risida tanishtirdi.

Institut rektori boshchiligida prorektor, dekan, bo’lim boshliq va kafedra mudirlari birgalikda delegaciyani kutib olishi bilan birga texnika, muhandislik, mashinasozlik va mexanika, oziq-ovqat texnologiyasi yo’nalishlarida yuqori malakali bakalavr, magistr, doktorant ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash negizida ikki tomonlama hamkorlikni natijali olib borish va samarali faoliyat yuritishga kelishib olindi.

O’zaro muzokaralar doirasida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Nusratillo Barakaev  hamda Koreyaning CHedju milliy universiteti rektori Kim Il Xvan ta’limga oid bitimlarni imzolashdi.


Institut rektorlar o’zaro estalik sovg’alarini ulashishdi. 

Shu bilan birga ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish, ikki universitet o’rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko’tarish, erishiladigan natija, yutuq va yangilik­lar, institutning barcha fakultetilar labatoriyalari bilan tanishdi. O’zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. O’tgan davrda hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholandi.