Bugun Buxoro muhandislik texnologiya institutida g'azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan "Ikki buyuk siymo" nomli adabiy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda Navoiy va Bobur hazratlari ijodiga mansub g'azallar, tuyuqlar, ruboiylar talaba va o'qituvchilari tomonidan yig'ilganlarga namoyish etildi.    
Tadbir davomida oliygoh axborot resurs markazi vakillari tomonidan "Bobur yo'lbars" kitobi taqdimoti ham bo'lib o'tdi. Tadbir yakunida, oliygoh rektori vazifasini bajaruvchi Sharipov Mirzo Zokirovich tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan talabalar, tyutorlar va dekan o'rinbosarlari faxriy yorliq hamda badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.