Buxoro shahar “Namozgoh” MFYda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari kafedra mudiri  dotsent N.M.Zayavitdinova, katta o’qituvchilar N.Yu.Usmanova, A.A.Primovalar tomonidan “BIR ZIYOLI – BITTA MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY!”  mavzusida o’tkazilgan davra suhbati haqida

MA’LUMOT        

2023 yil 12 may kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari kafedra mudiri dotsent N.M.Zayavitdinova, katta o’qituvchilar N.Yu.Usmanova va A.A.Primovalar o’zlariga biriktirilgan Buxoro shahridagi “Namozgoh” mahalla fuqarolar yig’iniga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig’ini raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori bilan uchrashib mahalladagi ahvol  o’rganildi. 

        Mahallada yashovchi aholining yashash sharoiti bilan tanishib, ularning muammolari o’rganildi va mavjud muammolarni yechish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Mahallada tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi va kasb-hunar o’rganmoqchi bo’lgan xotin-qizlar va yoshlarga mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish, kasb-hunar o’rganish, kredit olish bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatildi. 

 “Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan mahalla fuqarolariga yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, konstitutsiyamizga kiritilgan o’zgartirishlar haqida ma’ruzalar  u’qib eshittirildi va tushunchalar  berildi. Hamda 9 iyulda o’tkaziladigan  muddatidan ilgari O’zbekiston prezidenti saylovi uchun ham  targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Shuningdek fuqarolariga ularni qiziqtirgan savollarga professor-o’qituvchilar tomonidan javoblar berildi.