26.04.2023 yilda Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bitiruvchilarning bandligini taminlash bo’yicha karyera markazi a’zolari, yetakchi korxona hamda sektorlar vakillari tashabbuslari bilan rejalashtirilgan navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi. Tadbirda “Arxitektura-qurilish” va “Yer usti transporti tizimlari” fakultetlari bitiruvchilari va viloyatdagi ish beruvchi tashkilotlar qatnashdi.  
Tadbirda qatnashgan ''Qurilish-loyiha” MCHJ, Buxoro viloyat Qurilish bosh boshqarmasi, “Shaharsozlik group” MCHJ, “O’zjamoaloyiha” MCHJ va boshqa korxonalar vakillari mutaxassislik yo'nalishlarida mavjud bo’lgan bo'sh ish o'rinlari to’g’risida to’xtalib, bitiruvchilardan mutaxassisliklari bo’yicha o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.  
Tadbirda bitiruvchilar o’z mutaxassisliklari bo’yicha ushbu korxonalarda bitiruv oldi amaliyotlarini o’tashlari hamda kelgusida shu tashkilotlarda mehnat faoliyatini olib borishlari to’g’risida korxona vakillari bilan suhbatlashishdi.