Buxoro viloyati hokim o‘rinbosarining 2023-yil 4-fevraldagi Buyuk mutaffakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda shoh va shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Asrlarga tengdosh, avlodlarga ibrat” shiori ostida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot loyihasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 10-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi va O'zbek tili va adabiyot kafedrasi bilan hamkorlikda oliygoh talabalari o'rtasida tanlov tashkil etildi. Tanlovda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i hamda uslubchilari, yoshlar masalalari bo'yicha dekan muovinlari, O'zbek tili va adabiyot kafedrasi mudiri va professor-o'qituvchilari hakamlik qilishdi. Tanlov natijalarini kun davomida taqdim etamiz.