1992 yil 14-oktabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 47/3-sonli qaroriga asosan 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni, deb e’lon qilingan. Ushbu sana butun dunyo bo’ylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad barcha fuqarolarimiz kabi nogironligi bo’lgan yurtdoshlarimizga e’tibor ko’rsatish va ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashdir. 

Shu maqsadda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari” fakul’teti “Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari N.Zayavitdinova, N.Usmanova, M.Bazarova, Sh.Alimova, Sh.Primova, Sh.Po’lotov hamda va 713-20 MNT guruhi talabalari Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 27-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasiga tashrif buyurib, imkoniyati cheklangan bolajonlar holidan xabar olishdi. Bolajonlar uchun bayram tadbirini tashkil etishda o’z hissalarini qo’shib, ularga esdalik sovg’alarini topshirishdi.

Safimizdagi imkoniyati cheklangan insonlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga nafaqat bayramlarda, balki har kuni, har soatda g’amxo’rlik qilish va mehribonlik ko’rsatish, qadr-qimmatini himoya qilish har birimizning insoniy burchimizdir!