kuni kecha 4-mart kuni institutda 1-kurs tayanch doktorantlar, doktorantlar, stajor-tadqiqotchilar bilan navbatdagi yig’ilish bo'lib o'tdi. Unda ilmiy tadqiqotllar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog-kadrlarni tayyorlash bo'limi  boshlig'i professor M.M. Jo'rayeva tomonidan tayanch doktorantlarga berilayotgan imkoniyatlar, innovatsion g’oyalar va doktorantlar ish rejasidagi dastlabki hisobot va nazariy metodologik dasturi faoliyatini yuritish to'g'risida tavsiya va takliflar berildi. Tadqiqotchilar fikrlari tinglandi, talab va takliflar yaqindan o’rganildi!