Paxta va yengil sanoat texnologiyalari fakulteti

Bosh sahifa Paxta va yengil sanoat texnologiyalari fakulteti

Paxta va yengil sanoat texnologiyalari fakulteti


Mazkur fakultet 2019 yil 2 sentyabrdan  institut rektori buyrug‘i asosida “Yengil sanoat” fakulteti nomi bilan faoliyat olib borgan. 

Institut rektorining 2021 yil 21 sentabrdagi    499- U sonli  buyrug‘i asosida «Paxta va yengil sanoat texnologiyalari» fakulteti nomi berilgan. 

Hozirgi kunda fakultetda 86 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi.

2023-2024 oquv yilida fakultetda jami 100 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shulardan: 6 ta fan doktori, 33 ta fan nomzodlari, dotsentlar, 62 ta katta o’qituvchi. Fakultetda 32 ta iqtidorli talabalar va magistrantlar bilan hamkorlikda ishlash yo‘lga qo‘yilgan. 

Bugungi kunda fakultetda 41 ta akademik guruhda 845 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Talabalarga 2 smenada darslar tashkil etilgan. Barcha darslar zamonaviy o‘quv auditoriyalari va laboratoriya xonlarida tashkil etib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha fakultetda 9 ta ilmiy – texnikaviy va “Milliy taqinchoqlar va zamonaviy aksessuarlar” nomli ijodiy to‘garaklar tashkil etilgan. Qolaversa institutda tashkil etilgan sport musoboqalarida fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilari muntazam ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Paxta va yengil sanoat texnologiyalari fakulteti dekani

To’xtayeva Zebo Sharifovna

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00-16:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
  • Telefon: +998913104037
  • Email: zebo-7171@mail.ru

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

Shodiyev G‘olib Shodmonovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 08:30-11:30
  • Telefon: +998914071101
  • Email: shodiyevgolib@gmail.ru

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Akmal Salohov

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00-16:00
  • Telefon: +998907150594
  • Email: Akmalxoja2474@.mail.ru


Fakultet kafedralari 


<< Texnologik mashina va jihozlar>> kafedrasi

 <<Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar>> kafedrasi

 <<Oliy matematika>> kafedrasi

 <<Ijtimoyi fanlar>> kafedrasi


 Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari 


60721400 - Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (tarmoqlar bo‘yicha)

60720700 - Texnologik  mashinalar va jihozlari (to‘qimachilik, yengil va paxta sanoati)

60721300 - Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xom ashyo turlari bo‘yicha) 

60421400 – Yengil sanoat texnologiya va jihozlari (xizmat ko‘rsatish)


 Magistratura taʼlim yo‘nalishlari


5A321503 – Yengil sanoat mashinalari va apparatlari 

5A321501 – Texnologik mashinalar va jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish (tarmoqlar bo‘yicha)

5A320315 – Paxta sanoati mashinalari va jihozlari 

70721403 – Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari (mahsulot turlari bo‘yicha)