“NEFT-GAZ ISHI” KAFEDRASI
“Neft-gaz ishi” kafedrasi 2019 yil 10 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlangan Buxoro muhandislik-texnologiya institutining yangi tuzilmasiga binoan «Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi» kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedrani boshqarish kimyo fanlari nomzodi, dotsent Q.Q.Sharipovga yuklatildi.
Kafedrada 1 ta fan doktori-professor, 1 ta fan nomzodi – dotsent, 4 ta falsafa doktori (PhD), 2 ta katta o‘qituvchi, 2 nafar assistent o‘qituvchilar talabalarga bilim bermoqdalar.
«Neft-gaz ishi» kafedrasida 2021-2022 o‘quv yilida quyida ko‘rsatilgan bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun o‘quv jarayoni tashkil etildi:
60721800-Neft va gaz ishi (neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish)
5311900-Neft va gaz ishi (neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish)
70721802- Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish
5A311902-Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish
Neft va gaz geologiyasi
Geofizika asoslari
Umumiy va yer osti gidravlikasi
Neft va gaz ishi asoslari
Neft va gaz konlari mashina va jihozlari
Tog‘ jinslari mexanikasi
Korroziyadan himoya qilish
Neft va gazni yig‘ish, tayyorlash va uzatish
Neft va gaz konlari geologiyasi
Neft va gaz konlarini ishlatishda geofizik nazorat
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash
Neft va gaz konlari jihozlari
Quduqlarning kapital va yer osti ta’miri
Qatlamlarning neft va gaz beraolishligini oshirish texnologiyasi
Nasos va kompressor stansiyalarini ishlatish
Neft va gaz konlari mashina va jihozlari
Neft va gaz quduqlarini ta’mirlash mashina va jihozlari
Neft va gaz konlarini ishlatishning nazariy asoslari
Neft va gaz quduqlari jihozlarini montaji va ekspluatatsiyasi
Konlarda neft va gazni yig‘ish va tayyorlash ob’ektlarining jihozlari
Sharipov Qaxramon Qandiyorovich - kafedra mudiri, k.f.n., dotsent
Do‘stov Xamro Bozorovich - professor, k.f.d.
Toshev Sherzod Orzievich - dotsent, PhD
Bozorov Jo‘rabek To‘ronovich - dotsent, PhD
Ochilov Abduraxim Abdurasulovich - dotsent, PhD
Raximov Bobomurod Rustamovich - assistent, PhD
Obidov Hamid Olimovich - katta o‘qituvchi
Sattorov Mirvohid Olimovich - katta o‘qituvchi
Yamaletdinova Aygul Axmadovna - assistent
Bokieva Shaxnoza Komilovna - assistent
Uslubiy qo’llanmalar – 16 ta;
Ma’ruza matnlari - 50 dan ortiq;
Uslubiy ko’rsatmalar – 60 dan ortiq.
Xorijiy maqolalar – 150 dan ortiq
Respublika maqolalari – 200 dan ortiq
Xalqaro tezislar – 300 dan ortiq;
Respublika tezislari – 250 dan ortiq;
Kafedrada yaratilgan monografiyalar
Kafedraning Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi, O‘zneftgazquduqta’mirlash AJ, Amirobod kon-geofizika ekspeditsiyasi filiali, Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi, Olot neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi, Buxoro neft-gaz parmalash AJ, Neftgaztadqiqot AJ bilan hamkorlik aloqalari mavjud bo‘lib, ushbu korxonlarda amaliy darslar, ishlab chiqarish amaliyotlari, ekskursiyalar o‘tkazib kelinmoqda. Korxonalarning dolzarb muammolari asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunga qadar kafedrada 2 ta Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi g‘olibi, 5 ta “O’zbekiston GTL” stipendiyalar tanlovi g‘olibi, 2 ta “Yil talabasi” tanlovi institut bosqichi g‘olibi tayyorlandi.
“Neft-gaz ishi” kafedrasi tomonidan institutning 1-son talabalar turar joyida 2019 yil 18 oktyabrda “Til-millat ko‘zgusi” mavzusida, 2020 yil 8 yanvarda “Jinoyatga jazo muqarrar” mavzusida, 2021 yil 10 martda “Buyuk tarixdan buyuk kelajak sari” mavzusida, 2021 yil 6 oktyabrda “Mehr-muruvvat-xalqimizga xos azaliy fazilat” mavzusida davra suhbati ko‘rinishidagi tadbirlar o‘tkazilgan.
Talabalarning nazariy olgan bilimlari ishlab chiqarish korxonalarida amalda mustahkamlab borilmoqda. Kafedra katta o‘qituvchilari H.O.Obidov va M.O.Sattorovlar Buxoro neft bazasi MChJda ekskursiya tashkil etishgan.
Kafedra katta o‘qituvchisi M.O.Sattorov 5 tashabbus doirasida Buxoro kitob olamiga talabalar bilan tashrif amalga oshirgan.
Kafedra o‘qituvchilari Sh.O.Toshev va M.O.Sattorovlar talabalar bilan Buxoroi Sharifning tarixiy obidalariga tashrif amalga oshirgan.