Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi

Bosh sahifa Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi

Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi


Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi mudiri

t.f.d. Fozilov Sadriddin Fayzullaevich

  • Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00 gacha)
  • Telefon: (0 365) 223-78-84
  • Email: test@test.uz

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektorining buyrug‘i asosida 2019 yil 10 iyulda “Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedrani texnika fanlari doktori, professor Fozilov Sadriddin Fayzullaevich boshqaradi.

Bugungi kunga qadar kafedraning professor-o‘qituvchilar tarkibi 2 ta doktor-professor, 5 ta nomzod-dotsent, 1 ta katta o‘qi-tuvchi, 5 ta assistent, 5 ta stajyor o‘qituvchidan tashkil topgan.

 

     O‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va talabalar “Gazni kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasida ilmiy-tadqiqot va laboratoriya ishlarini olib boradilar.Boshqa oliy ta’lim muassasasidan maqsadli doktorantura tashkil etilgan bo’lib, ilmiy-tadqiqot va laboratoriya ishlarini olib boradilar.      
     

     Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Neftgaztadqiqot AJ, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro neft bazasi MChJ, Buxoro viloyati hududiy gazta’minoti filiali, Sho‘rtan gazkimyo majmuasi MJCh, "UZ-KOR GAS CHEMICAL" OOO bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan bo‘lib  ilmiy faoliyat va ishlab chiqarishni integratsiyalash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.     

  Kafedraga biriktirilgan fanlardan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar Neftgaztadqiqot AJ, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bevosita olib borilmoqda. Soha korxonalari vakillarita’lim jarayonida ishtirok etishmoqda.