Yosh havaskor shoirimiz

Yoshlar har bir davlatning kelajagini, salohiyatini belgilovchi muhim ijtimoiy qatlam sanaladi. Zero, har bir jamiyatning holati, taqdiri va istiqboli unda yashayotgan yoshlarning salmogʼi, maʼnaviyati va ongliligi darajasi bilan belgilanadi. Yoshlar jamiyatning ertangi kelajagi, uning faol aʼzosi, taʼbir joiz boʼlsa jamiyat  ertasining munosib vorislaridir.
Shunday yoshlardan biri Buxoro muhandislik-texnologiyalari instituti “Yengil Sanoat “ fakulteti  “Yengil Sanoat mashina va jihozlari” kafedrasi 3- bosqich talabasi Jo`rayev Dilshod Ubaydullo o`g`li Romitan tumani Yuqori Mirishkor qishlog`i da tug`lib o`sgan.Yosh  shoirimiz hozirga qadar 100dan ortiq she`rlari yozgan . Asosan yosh shoirimiz  o`zining she`rlarida vatanga muhabbat, ota onaga hurmat, insonlar o`rtasidagi mehr muhabbatini  aks etadi. Jo`rayev Dilshodjon o`zining ijodi bilan institutdagi turli xil tadbirlar , onlayn tanlovlar va gazetalarda  ishtirok etib,o`zining muxlislariga ega. Institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar va  faxriy yorliqlar bilan  munosib taqdirlangan.
O`zing qo`lla xudoyim.
Dunyolari tor ekan
Yomonlari bor ekan
Dunyo tikanzor ekan
O`zing qo`lla xudoyim.
Bu dunyoda ishonchim
O`zingdirsan tayanchim
Ko`ryapsan har bir ishim
O`zing qo`lla xudoyim.
Yaxshilaringni asra
Ularga mendir oshna
Ezgu yo`l sari boshla
O`zing qo`lla xudoyim.
Faqat senga ishondim
Shukurki kam bo`lmadim,
Bu dunyoda sinmadim
O`zing qo`lla xudoyim.
Yomonga eshik ochmasman
Ularga yondoshmasman
Ishon bag`ri toshmasman
O`zing qo`lla xudoyim.
Sendek be ayb buyuk yo`q
Kelajakdan ko`nglim to`q
Ko`zim ham bir yonar cho`g`
O`zing qo`lla xudoyim.
Nomardga muhtoj qilma
Mardingni boshin egma
Orzuyim xazon qilma
O`zing qo`lla xudoyim.
Kimlar chog`lar qazmadi
Ortdan g`iybat otmadi
Dilshodjon bukilmadi
O`zing qo`lla xudoyim.