“Yengil sanoat mashina va jihozlari” kafedrasi o’qituvchilari doimo izlanishda

О‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim tо‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risida»gi qonunlariga asosan hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida»gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi va 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi qarorlariga muvofiq, shuningdek professor-о‘qituvchilar tarkibining shaxsiy ish rejasini tartibga solish va tizimlashtirish maqsadida Buxoro-muhandislik texnologiya instituti “Yengil sanoat mashina va jihozlari” kafedrasi  dotsentlari, texnika fanlari bо‘yicha falsafa doktorlari Behbudov Shavkat Xusenovish hamda Nutfullayeva Lobar Nurullayevnalar o’z shogirdlari shu kafedra assistentlari va tayanch doktorantlar bilan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlariga  o’zlarining ilmiy maslahatlarini bermoqdalar.
“Ustoz-shogird” ko’nikmalarini rivojlantirish, amaliy tajribaning kamchiliklarini bartaraf etish, yosh o’qituvchining shaxsiy fazilatlarini shakllantirish, amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishning uslubiy bazasini takomillashtirishga yordam beradi.
“Ustoz-shogird” an’analari oliy ta’lim sohasida yosh professional kadrlar tayyorlashga katta hissa qo’shishi va yaxshi natijalarga erishishi mumkin.