“YENGIL SANOAT MASHINA VA JIHOZLARI” KAFEDRASI DOKTORANTLARINING NAVBATDAGI HISOBOTI TINGLANDI

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Yengil sanoat mashina va jihozlari” kafedrasi doktorant, tayanch doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarining hisobotlari tinglandi.Yig’ilish kafedra mudiri Samiyeva Sh.H. tomonidan ochib berildi.
Mazkur yig’ilishda Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i Azimov B., “YeSMJ” kafedrasi o’qituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etishdi. Tayanch doktorantura va doktoranturada tahsil olayotgan izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyalari mavzulari, ularning tayyorgarlik holati, erishilgan natijalari bo‘yicha taqdimotlar muhokama qilindi. Unda Sayitqulov S. “Ikkilamchi issiq havo oqimidan foydalanib paxtani quritishda va tashishda ishlatiladigan shnekli qurilmani yangi konstruktsiyasini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tadbiq qilish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasining taqdimoti muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida doktorant ilmiy ishning maqsadi va uni hal etish bo‘yicha belgilab olingan vazifalarning ijrosi, olingan ilmiy-amaliy natijalar, ilmiy yangiliklar va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritgan dalolatnomalar bo‘yicha qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Bundan tashqari Gafurova M. va Saidova G. bajarilgan ishlari ham ko’rib chiqildi.
Dissertatsiyalarning tayyorgarlik holati va “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan talab bo‘yicha chop etilgan ilmiy maqolalari bo‘yicha ham qisqacha axborot tinglandi.Shundan so‘ng, muhokama jarayoniga o‘tildi. Unda izlanuvchilar mavzu doirasida bir nechta savollarga javob berishdi. Muhokama jarayoni interfaol usulda tashkil etildi.