Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan kontsert dasturi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabat bilan, barcha hududlarda adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Shu ma’noda, joriy yilning 5-avgust kuni Buxoro viloyat 28803 harbiy qismda ham “YANGI O‘ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK” shiori ostida mustaqiligimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan madaniy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchisi “Mexanika va arxitektura-qurilish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Temirov Sheroz To‘rayevich nuqt so‘zlab, 2021 yilda yurtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha xalqaro madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ilmiy konferensiyalar, ajdodlarimiz yubiley sanalarini mustaqillikning 30 yilligi g‘oyasi va ruhi bilan uyg‘un va hamohang holda tashkil etish va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Istiqlolimiz, uning beqiyos ne’matlari, tinch va osoyishta hayotimizning qadr-qimmati haqida yoshlarga aniq misollar asosida tushunchalar berdi. Tadbirda shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish va istiqlolimizni asrab-avaylash, yurtimiz iqtisodiyotining tayanchi bo‘lgan kichik biznes va tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning biznesga oid bilimlarini boyitish kabi qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.

– Mustaqillik eng ulug‘, eng aziz ne’mat. Bugun biz erishgan va erishajak yuksak marralar, ozod va obod Vatanimiz manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir, – Buxoro ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati targ‘ibotchisi Sh.Temirov. – Shu boisdan, mustaqillik bayrami har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. E’tiborlisi esa, har yilgi bayram tadbirlari o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etadigan shior ostida nishonlanadi. Bu yilgi bayram Prezidentimiz qarori bilan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan shiorni asosiy g‘oya sifatida o‘zida mujassam etgani alohida e’tibor va e’tirofga loyiq.

Buxoro viloyati va tumanlarida o‘tkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar bo‘yicha yuksak mahorat va tajribaga ega bo‘lgan ilmiy va ijodkor ziyolilar, madaniyat va san’at arboblari, jumladan, maqom va baxshichilik san’ati vakillari, iste’dodli yosh ijrochilardan iborat ijodiy guruhlar tashkil etilib kelinmoqda.

“Mexanika va arxitektura-qurilish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Temirov Sheroz To‘rayevich