TA’LIM VA TARBIYA – TARAQQIYOT GAROVI

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev Yangi Oʻzbekistonimizni ­yuksak taraqqiyot bosqichiga koʻtarishdek ezgu niyatimizga yangicha va mustaqil fikrlaydigan, oʻz ­Vatanini jonidan ortiq sevadigan, uning yorugʻ kelajagi uchun sadoqat bilan xizmat qiladigan, fidoyi yoshlarni ­tarbiyalash orqali erishamiz deganda aynan yurt ravnaыi bevosita ta’lim tizimi bilan bog’liq ekanligini tushunish va anglash mushkul emas.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, yuqori malakali pedagog kadrlarni aniqlash va taqdirlash, ularning faoliyati nufuzini yanada oshirish, o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish, oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining kasbiy ravnaqini rag‘batlantirish va mahoratini oshirish maqsadida turli xil tanlovlar tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Ana shunday tanlovlvrdan biri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 fevraldagi 32-sonli «Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» tanlovi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi Qarori asosida tashkil qilindi. Amalga oshirilayotgan islohotlarda ishtirok etish, islohotlarni keng jamoatchilik ayniqsa ertangi kunimiz egalari yoshlar orasida targ‘ib qilish har birimizning burchimizdir.  
Ayni shu maqsadda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti pedagog-xodimlari o‘rtasida “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi keng miqiyosda tashkil etildi. Tanlov 3 ta yo‘nalishda: «Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog», «Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi» va «Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog» yo‘nalishlari bo‘yicha Nizom asosida tashkil etildi. Tanlovda institutdagi barcha pedagog xodimlar va izlanuchi tadqiqotchilar ham ishtirok etdilar. “Energetika” fakultetining yosh iqtidorli, jonkuyar o‘qituvchilaridan Laziz Alisherovich Nematov ham ushbu tanlovda ishtirok etdi hamda «Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog» yo‘nalishida institut bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egalladi. Sovrindorlar institut rektori buyrug‘i bilan pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.