KORXONALARDA AXBOROT-KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY QILISHNING DOLZARB MASALALARI

Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarsiz korxonalar faoliyatini rivojlantirish masalasini hech kim tassavvuriga ham sig’dira olmaydi. Chunki hozirda axborot kommunikasion texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib bormoqda, bu esa korxonalarga o’z faoliyatiga yangi innovasion texnika va texnologiyalarni kiritish, yuqori texnologiyalardan foydalanib raqobatbardoshligini oshirish vazifalarini yuklaydi.
Mamlakatimizda «Aqlli shaxar» texnologiyalarini joriy etish konsepciyasi qabul qilinib, unga ko`ra «aqlli transport», «aqlli ta’lim», «aqlli tibbiyot», «aqlli energetika tizimi», «aqlli qurilish» «aqlli kommunal xo`jalik», «aqlli uy», «aqlli xokimiyat», «aqlli maxalla» kabi loyixalar «Aqlli shaxar» texnologiyalarini joriy etishning asosiy yunalishlari sifatida belgilandi. SHu bilan birgalikda mamlakatimizning aksariyat korxonalarida AKTni joriy etish masalalarida bir kancha muammolar saqlanib qolmokda. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha Xarakatlar strategiyasini faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilidagi ijrosi buyicha dasturda xam bunga katta axamiyat karatilgan.
O`zbekiston Respublikasida chuqur, keng ko`lamli isloxotlar amalga oshirilar ekan, uzluksiz huqukiy ta’lim tizimini shakllantirishga katta axamiyat berilmoqda. Darxaqiqat, kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri, dunyoqarashi o`zgargan raxbar xodimlarimiz, mutaxassislarimizning faoliyatiga ko`p jixatdan chambarchas bog`iqdir. Shu bois, yangicha fikrlaydigan, o`z xizmat soxasi va faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini samarali qo`llay oladigan, yuksak malakali, chuqur bilimli raxbar xodimlarni tayyorlash bugungi kunda davr talabi bulib koldi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha jabxalarida faoliyat yurituvchi barcha turdagi tashkilotlarni boshqarishda qo`llaniladi. Axborotni boshqarish texnologiyalarining eng ustun va aniq afzalliklari tijorat tashkilotlar amaliyotida paydo bo`la boshladi.
Axborot texnologiyalari yordamida korxonalarni boshqarish – tizimli dasturiy ta’minot va kompyuter va telekommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish asosida boshqarish vazifalarini xal etish uchun ma’lumotlarni yig`sh, qayta ishlash, saqlash, uzatish va axborotni muxofaza qilish, bilim usullari va vositalari majmuini tashkil etishdan iboratdir. Boshqaruvda axborot texnologiyalari avtomatlashtirilgan tarzda tez-tez ishlatiladi, ya’ni texnik va dasturiy vositalardan foydalangan holda boshqarish texnologiyalarini amalga oshirishni ko`zda tutadi.
Umuman olganda axborot texnologiyalari-bu ma’lumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyasidir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari soxasida turli axborotni elektron hisoblash mashinalari (EXM) va kompyuter tarmoqlari orqali yig`ish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida mavjud bo`lgan bo`lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o`ziga xos xususiyati shundaki, sivilizasiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmokda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida etakchi o`rinni egallamokda. Axborot texnologiyalarining industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va u bilan bog`ik faoliyat soxalari tashkil qiladi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalarini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi va yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni va vaqtni tejaydi.
Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona hisob-kitoblari tizimlari misol bula oladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonning tarkibiy qism sifatida o`z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko`rsatmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodiyotni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Korxona boshqaruvi uchun zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy vazifalari – kerakli ma’lumotlarni qidirish, to`plash, qayta ishlash, saqlash, yangi ma’lumotlarni ishlab chiqish va optimallashtirishning turli xil muammolarini xal etishdan iboratdir. Vazifa nafaqat vaqtni sarflaydigan, muntazam takrorlanadigan, ma’lumotlarni qayta ishlash operatsiyalarini tanlash va avtomatlashtirish, balki samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo`lgan yangi ma’lumotlarni olish uchun ularni qayta ishlash orqali amalga oshiriladi.
Sunggi yillarda axborot-kommunikasiya texnologiyalari yordamida korxonalarni boshqarish, boshqaruvda sezilarli darajada imkoniyatlarni yaratmoqda, chunki ular barcha darajadagi menejerlarga va korxonalarning raxbarlariga eng yaxshi va muqobil boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo`lgan iqtisodiy va ijtimoiy axborotni qayta ishlash va taxlil qilishning so`nggi usullari bilan ta’minlanib kelmoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyalarini boshqaruvga tatbiq etish xarajatlari nafaqat to`lash, balki daromad olish imkonini ham bermoqda. Ma’lumki, yirik korparatsiyalar korporativ axborot tizimlarini ishlab chiqish va rivojlantirish uchun har yili yillik aylanma mablag`larining 2 dan 5 foizi miqdorida sarflaydi. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari boshqa turdagi texnologiyalarning funksional tarkibiy qismlari (masalan, ishlab chiqarish, tashkiliy, ijtimoiy) va ularning intellektual yadrosi rolini o`ynaydi.
Axborot texnologiyalari yordamida korxonani boshqarish uchun ob’ektni batafsil taxlil qilish, boshqaruv vazifalari va tuzilmasini o`rganish, shuningdek, axborot oqimlarini boshqarishni taqozo etadi. So`rov materiallarini taxlil qilish asosida axborotni boshqarish modeli ishlab chiqilib, u axborotni qayta ishlash vazifalari va yangi axborot oqimlari o`rtasidagi munosabatlarni o`rnatadi. Kuyidagi 1-rasmda axborot-kommunikasiya texnologiyalarining asosiy funksiyalarini ko`rish mumkin.

1-rasm. Axborot-kommunikasiya texnologiyalarining funksiyalari
H.B.Ismoyilov