“CHINA NATIONAL CHEMICAL ENGINEERING NO.7 CONSTRUCTION CO “LTD” ” rahbariyat vakillari institutimiz “Mexanika asoslari” kafedrasi mehmoni.

Bugun institutimizda “China National Chemical Engineering No.7 Construction Co “Ltd” ”  xalqaro korxonasi rahbariyat vakillari CС7 kompaniyasi Oʼzbekiston vakolatxonasi rahbari mr. Pan Ming, CС7 kompaniyasi Oʼzbekiston vakolatxonasi koordinatori Kang Weimiao, CС7 kompaniyasi Oʼzbekistondagi koordinatori Sohibjonova Mariya, CС7 kompaniyasi Oʼzbekistondagi koordinatori Ergashev Baxtiyordan iborat delegatsiyani oliygoh “Mexanika asoslari” kafedrasi vakillari qabul qilishdi.
Tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsad “China National Chemical Engineering No.7 Construction Co “Ltd” ” loyihalarida institut bitiruvchi kadrlaridan foydalanish, jumladan bitiruvchilarimizni ish bilan taminlash masalasiga oydinlik kiritildi. Istiqbolda esa tashkilot bilan institutimiz o`rtasida memorandumga erishish masalasida kelishuvga erishildi.
Aytib o`tish joizki tashrif muhokamalar va o`zaro ijobiy suhbat tarzida davom etdi.
Qabul jarayonida institut bitiruvchi mutaxasislik va umumkasbiy kafedralaridan “Mexanika asoslari”, “Oziq-ovqat va kimyo sanoati mashina va jixozlari”, “Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot kommunikatsiya tizimlari”, “Metrologiya va standartlashtirish”, “Sanoat ekologiyasi”, “Аrxitektura”, “Bino va inshootlar qurilishi”, “Elektr mexanikasi va texnologiyalari” professor-oʼqituvchilari ishtirok etdilar.
“Mexanika asoslari” kafedrasi professor-o`qituvchilari va kefedra mudiri F.Yu. Habibov tomonidan tashkil etilgan o`zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantiruvchi bunday tadbirlar institutimiz imidjini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Shu o`rinda “China National Chemical Engineering No.7 Construction Co “Ltd” ” haqida qisqacha ma’lumotni ilova qilamiz: Xitoy Milliy kimyo-muhandislik qurilish kompaniyasi 1964 yilda tashkil etilgan boʼlib, neft-kimyo sanoati, avtomobil va issiqlik yelektr stantsiyalarini qurishga moʼljallangan.
Kompaniyada hozirda 4500 dan kishidan ortiq ishchi xodim faoliyat koʼrsatib kelmoqda.
Kompaniya koʼtarish kuchi 3400 katta quvvatli koʼtarish mashinalari (450T, 350T, 250T, 150T) va boshqa sinflardagi turli xildagi zamonaviy jihozlangan qurilish mashinalariga ega.
Kompaniya elektr asboblari, fizik va kimyoviy uskunalar, NDT uskunalari, qurilish loyihalari uchun kontrollerlar, avtomatik payvandlash stantsiyalari va boshqalar uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.
Kompaniya 20 yil davomida Iroq, Malayziya, Bangladesh, Pokiston, Oʼzbekiston, Saudiya Аrabistoni va boshqa mamlakatlarda yetakchi oʼrinlarni egallab kelmoqda hamda sezilarli darajada Janubiy Osiyo, Markaziy Osiyo va yaqin Sharq davlatalari bilan shartnomaga ega.